

“Oxirida alamli gol o'tkazib yubordik. Xatolardan xulosa chiqaramiz va oldinga qarab intilamiz.
Keyingi bahs JCH 1-turi doirasida Kolumbiya bilan? JCH haqida nima ham deymiz, bu haqda ko'p gapirildi. Bor kuchimizni berishimiz va raqiblardan ayyorroq harakat qilishimiz kerak”, – dedi yagona gol muallifi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCH ilk turini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 7:00 da boshlanadi.



