Ignatiy Nesterov va Anvar G'ofurov "Lokomotiv"da?

Narzulla Saydullayev
30 noya 2013, 18:04
"Bunyodkor" darvozaboni va himoyachisi keyingi yilni "Lokomotiv"da o'tkazishi mumkin.
Olingan norasmiy ma'lumotlarga ko'ra Ignatiy Nesterov va Anvar G'ofurov "Lokomotiv"ga o'tgan.

Ancha yillardan buyon "Loko" darvozasini qo'riqlab kelgan Pavel Bugalo yozda jamoa bilan xayrlashgani uchun murabbiylar kelgusi yil OCHLda munosib ishtirok etish uchun tajribali posbon qidirishayotgani haqida oldinroq xabarlar chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Lutfulla To'raev noyabr oyi o'rtalarida "temiryo'lchilar" safiga ko'chib o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia