Ibragimovich: "Bugungi PSJ - jamoa emas"

Alisher
31 okt 2021, 18:50
PSJ sobiq o'yinchisi Zlatan Ibragimovich jamoa haqida gapirdi.

"Hozirgi PSJ men o'ynagan paytdagidan kuchlimi? Yo'q. Men o'ynagan payt, bizda jamoa bor edi. Bugungi PSJ - jamoa emas. Ular shunchaki jamoaga aylanishlari kerak", - deydi Ibragimovich.

Zlatan Ibragimovich PSJ tarkibida 2012-2016 yillarda o'ynagan. Forvard francuz jamoasi tarkibida 180ta o'yinda maydonga tushib, 156ta gol va 61ta assist qayd etgan.

PSJ joriy mavsum Fransiya chempionatida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telefoot