Ibragimovich: "50 yoshda ham Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni xohlayman"

Alisher
25 noya 2020, 16:50
39 yoshli forvard Zlatan Ibragimovich Shvetsiyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganiga o'z fikrlarini bildirdi.

"Men faoliyatimni bo'sh tribunalar ostida yakunlamoqchi emasman. Meni Shvetsiyaning 12-"Oltin to'p"i bilan taqdirlashdi va bu muxlislarning sovrini hisoblanadi. 

Tez orada hammasi o'z holiga qaytishiga va tomoshabinlar stadionlarga qaytishiga umid qilaman. Bu mukofotni 50 yoshda ham yutishni istayman", - deydi Ibragimovich.

To'purar futbolchi Italiya klubiga o'tgan qishda qaytgandi. Uning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Aftonbladet