Hamidjon Aktamov: "Nechta gol urishimiz emas, uch ochko olganimiz muhim"

Narzulla Saydullayev
2 avg 2016, 22:23
"Mashal" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin qiziqarli bo'ldi. Ikkala jamoa g'alaba uchun maydonga tushgandi. Biz o'zimizning vaziyatlardan foydalanishga urindik. O'yin bizning ustunligimiz ostida o'tdi. Bizni qo'llash uchun Navoiydan yetib kelgan 600dan ortiq muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

Maqsadimiz ko'p gol urish emas, g'alaba qozonish edi. "Qizilqum" ikkinchi davrada eng yuqori natijalar sari intiladi.

So'nggi yillarda Navoiyda futbolga e'tibor kuchaytirildi. Sekin-asta mahalliy futbolchilar ham yetishib chiqmoqda. Shunday futbolchilardan Azizbek Usmonov va Fayzullo Qambarov ayni paytda jamoamizda o'ynashmoqda", - deydi Hamidjon Aktamov.

"Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia