Hamidjon Aktamov: “Muxlislarimiz kutgan o'yinni ko'rsata oldik”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2017, 23:16
“Qizilqum” – “Sho'rtan” (2:0) uchrashuvidan keyin konchilar bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV o'z fikrlarini quyidagicha bayon etdi.
-Avvalo kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etaman. O'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, bugun futbolchilarimiz muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishdi. O'z navbatida muxlislarimiz ham chin yurakdan ularni qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu kabi o'yinlarimiz ko'payishini istardim. Ikkinchi bo'limda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Agar ularning yarmidan samarali foydalanganimizda hisob yiriklashib ketgan bo'lardi. Eng muhimi g'alabaga erishdik va uch ochkoni qo'lga kiritib, birinchi davrani ko'tarinki kayfiyatda yakunladik. Bugungi o'yin uchun futbolchilarga ham, ularni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

"Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia