Gvardiola "Yuventus"ning 20 million evrolik maoshini rad etdi

Alisher
12 iyun 2019, 12:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga "Yuventus"ni boshqarishni taklif etishdi.

Turinliklar ispaniyalik mutaxassisga yiliga 20 million evro miqdorida maosh taklif qilishdi, ammo Gvardiola bu taklifga rad javobini berdi. Gvardiola "shaharliklar" bosh murabbiyligiga 2016 yilda tayinlangan edi.

"Yuventus" Massimiliano Allegri iste'foga chiqarilgandan so'ng nomzodlar qidirishda davom etmoqda.

Bo'sh qolgan joyga esa shu haftada "Chelsi"dan ketishi kutilayotgan Mauricio Sarri yetakchi nomzod bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eurosport.fr