Gvardiola "Sautgempton" xavbekiga baqirdi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2017, 13:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sautgempton"ga qarshi APLning 14-tur uchrashuvidan so'ng hissiyotlarga boy edi.

Mankunianlar 96-daqiqada Raxim Sterling urgan gol evaziga g'alabaga erishishdi.

Uchrashuvdan so'ng Gvardiola maydonga tushdi va Natan Redmondga qarab baqira boshladi. Murabbiyning hissiyotlarga boy gaplarini eshitgan Redmond o'zini xotirjam tutdi. Matbuot-anjumanida Gvardiola nega bunday qilgani haqida aytib berdi.

"Redmondga u kuchli futbolchi ekanligini aytdim. "Sautgempton"da iqtidorli futbolchilar bor. Redmond raqib bilan birga-bir vaziyatda yaxshi harakat qiladi. Biroq ular o'ynashni istashmadi. Ular to'qqizinchi daqiqadan vaqtni cho'za boshlashdi. Men shunchaki "Sautgempton" o'ynashini istagan edim" - deydi Gvardiola.

Videoni Telegram kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun