Gvardiola Messi bilan uchrashadi. U hozir Barselonada

Alisher
29 avg 2020, 16:23
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zining tug'ilib o'sgan joyi Kataloniyada bo'lib turibdi.

49 yoshli mutaxassis klubini o'zgartirishni xohlayotgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bilan uchrashishga kelishib olgan.

Oldinroq, argetinalik futbolchining "Manchester Siti"da o'ynashni xohlayotgani ma'lum bo'lgan va "shaharliklar" ham bu borada jiddiy ishga kirishgani xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Pep Messi bilan birga "Barselona"da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca