Gvardiola: “Kloppdan juda minnatdorman”

Eldor Akmurzayev
13 may 2021, 20:05
“Man Siti” ustozi Pep Gvardiola “Liverpul”dagi hamkasbi Yurgen Klopp haqida gapirdi.

Avvalroq, Klopp Gvardiolaga qo'ng'iroq qilib, uni APL chempionligi bilan tabriklaganini aytgandi.

“Klopp men uchun ilhom manbai bo'la oldi. U o'z jamoalari “Borussiya” va “Liverpul” sabab meni yanada mukammalroq murabbiyga aylantirdi.

U meni o'yinlar va raqiblar haqida ko'proq o'ylashga majbur qildi. Undan juda ham minnatdorman, uni juda qadrlayman”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News