Gvardiola: "Fransiya jamoalari doimo jismonan kuchli bo'lgan, shu sababli ular jahon chempioni"

Aslanov Jasurbek
28 noya 2018, 11:03
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Lion"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz mamnunmiz. "Lion" eng kuchli jamoalardan biri. Ular jismonan baquvvat, qarshi hujumlarda juda yaxshi harakat qilishdi.

Maqsadimiz pley-offga chiqish edi. Guruhda birinchi o'rinni olish uchun yana ochko olishga harakat qilamiz.

Chempionlar ligasida o'ynash oson emas. "Inter", "Tottenxem", "Liverpul" yoki PSJ kabi kuchli jamoalar turnirni tark etishi mumkin.

Fransiya jamoalari doimo jismonan baquvvat bo'lgan, shu sababli ular jahon chempioni. Ularda sifat bor, fransiyaliklar to'pni yo'qotishmaydi, ular kuchli" - deydi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA