Gvardiola, Arteta... APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
5 fev 2021, 18:36
Angliya Premer-ligasida yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan "Arsenal", "Manchester Siti", "Vest Xem" va "Brayton" ustozlari joy olgan.

APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar:

1. Mikel Arteta ("Arsenal") - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, to'plar nisbati - 10:1;

2. Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 6 o'yin, 6 g'alaba, to'plar nisbati - 16:1;

3. Devid Moyes ("Vest Xem") - 5 o'yin, 4 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - 8:6;

4. Grexem Potter ("Brayton") - 5 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - 5:4.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

APL oy murabbiyiga siz ham ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi linkga kirasiz >>>>> Ovoz berish


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia