Grizmann: "Torres tezroq safga qaytadi deb umid qilaman, u "Atletiko"ga kerak"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 20:14
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Valensiya"ga qarshi uchrashuv (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Biz o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alabaga erishib, yaxshi o'yin o'tkazmoqchi edik. Buni uddaladik. O'zimni yaxshi his qilyapman, o'yinimdan mamnunman. Jamoaga yordam berishda davom etaman deb o'ylayman. Torres shu yerda ekanligidan xursand bo'ldik. U tezroq safga qaytadi degan umiddamiz. Fernando jamoaga kerak" - deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC