Grigorev va Eshbo'taev ham "Dinamo"da

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 20:20
Dinamo jamoasining Toshkentdagi yig'ini davom etmoqda.

Jamoa tarkibida o'zgarishlar bor. Kuni kecha jamoa safiga “Neftchi”dan Jasur Azimov va Amirjon Safarov qaytib kelganligi haqida xabar bergan edik.

Hozirda jamoa mashg'ulotlariga o'tgan mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” klubida o'tkazgan 21 yoshli darvozabon Shohruh Eshbo'taev kelib qo'shilgan. “Mashal” klubi tarbiyalanuvisi sanalmish Shohruh 2013 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon Chempionati ishtirokchisi sanaladi.

Shuningdek, bugun “Dinamo” safiga Navoiyning “Qizilqum” klubi safidan markaziy himoyachi Viktor Grigorev ham kelib qo'shildi. O'tgan mavsumda “Qizilqum” sharafini himoya qilgan 22 yoshli bo'ydor himoyachi murabbiylar ko'rigida ishtirok etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz