

“Rossiya Premer-ligasining “Orenburg” klubi hamda Armaniston milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Tigran Avanesyan faoliyatini Samarqandda davom ettiradi.
“Dinamo” 24 yoshli yarim himoyachi bilan kelishuvni uzaytirish huquqi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Tigran jamoa safida 19-raqam ostida harakat qiladi.
Tigran Avanesyan 2002 yilning 13 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan. Uning aksariyat yaqinlari asli samarqandlik bo'lib, hozirgacha Samarqandda istiqomat qilishadi. Tigran Kaliningradning “Baltika” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U bugungi kungacha Rossiyaning SSKA Moskva II, “Arsenal” Tula va “Orenburg” klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Rossiya U-17 va Armaniston U-19 jamoalarida o'ynagan. 2024 yildan buyon Armaniston milliy jamoasi a'zosi sanaladi”, – deyiladi klub xabarida.


Avvalroq armanistonlik yarim himoyachi "Dinamo"ga kelayotgani haqida ma'lum qilgan edik.



