Giggz Vetnamdagi futbol akademiyasi direktori, Skoulz unga yordamchi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 23:33
“Manchester Yunayted” jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi Rayan Giggz Vetnamda faoliyatini davom ettiradi.

Uelslik 43 yoshli mutaxassis mahalliy futbol akademiyalarining biri bilan shartnoma imzoladi. U Vetnamdagi futbol akademiyasi direktori bo'ladi. Rayan o'z ishiga 20 noyabrdan kirishadi, deb xabar bermoqda Goal.

Ma'lumotda keltirilishicha, Giggz yosh futbolchilar hamda murabbiylar bilan birga ishlaydi. Akademiya qurilishi va taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. 

Bu akademiyani dunyodagi eng ko'zga ko'ringan futbol dargohlaridan biriga aylantirish ko'zda tutilgan. Bu borada Giggzga “MYU”ning yana bir sobiq mashhur vakili Pol Skoulz yordam beradi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif