Gattuzo "Milan" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 okt 2017, 18:45
"Milan" yoshlar jamoasi ustozi Jennaro Gattuzo klubning asosiy jamoasida Vinchenco Montella o'rnini egallashi mumkin.

Agar "Milan" bugun "Jenoa"ga mag'lub bo'lsa, rossonerlar rahbariyati murabbiyni almashtirishga qaror qilishi mumkin.

Oldinroq, "Milan" rahbariyati Montellaga ulbtimatum e'lon qilgandi. Vinchenco ikki uchrashuvda 6 ochko to'plashi kerak. "Milan"ni boshqarishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida Gus Xiddink, Paulu Souza, Vladimir Petkovich, Valter Maccari va Loran Blanlar bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com