Gallas Mourinyoni "Chelsi" futbolchilari shaxsiy hayotiga aralashishda aybladi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2018, 17:26
"Chelsi" sobiq himoyachisi Vilyam Gallasning so'zlariga ko'ra, Joze Mourinyo "ko'klar"ni boshqarganda futbolchilar shaxsiy hayotiga aralashgan ekan.

"Biz "Midlsbro"ga qarshi o'ynadik, jarohat oldim. Keyingi kun Mourinyo bilan uchrashishimiz kerak edi. Murabbiy hammani tanqid qila boshladi. Mag'lubiyatdan xafa edi. Bir payt u o'zi uchun o'g'lidek bo'lib qolgan Lempardni tanqid qildi. Kulib yubordim, Joze ortimda edi. Keyin u menga o'girildi va shunday dedi: "Vilyam, kulyapsanmi?". Men yo'q dedim.

U davom etdi: "Sen ayni damdagi eng yaxshi futbolchilardan birisan, ammo maydondan tashqaridagi hayotingni tuzatishing kerak". U nimani nazarda tutganini so'radim. "Juda ko'p sayr qilasan" - dedi Mourinyo. Buni qayerda bilishini so'raganimda, u quyidagicha javob qaytardi: "Ko'ramiz, 10 kundan keyin "Barselona"ga qarshi o'tadigan bahsga tayyor bo'larkansanmi". Mourinyoga mendan havotir olmasligini aytdim. Shundan so'ng har kuni 3 martadan mashg'ulot o'tkazishni boshladik" - deydi Gallas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport