Fyoller: "Bayer" hujumchi sotib olishi lozim"

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 16:03
Leverkuzenning "Bayer" klubi sport direktori Rudi Fyoller klub hali yozgi transfer bozoridan ketmaganini aytib o'tdi, deb xabar bermoqda nemis OAV.
Fyollerning aytishicha klub murabbiylari hujumni kuchaytirishni o'ylamoqda.

"Biz har qanday holatda ham hujumga ixtisoslashgan futbolchi sotib olishimiz kerak. Klub yoki yosh va qobiliyatli hujumchini yoki tajribali hujumchini sotib oladi. Menimcha ikkita futbolchi olamiz. Agar bizdan futbolchilar uchun katta pul so'rashsa qishki transfer oynasini kutishimiz ham mumkin", - deydi Fyoller.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com