Futzal: O'zbekiston jahon reytingidagi o'rnini yaxshiladi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2014, 11:09
Futzal bo'yicha terma jamoalar reytingini tuzib boruvchi www.futsalworldranking.be sayti dunyo terma jamoalarining yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 18-pog'onani egallab turibdi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi avvalgi natijasi (20-o'rin)dan ikki o'rin yuqorilagan va dunyo reytingida ayni damda 18-o'rinda bormoqda.

Osiyo terma jamoalari orasida esa O'zbekiston 4-pog'onani egallab turibdi. Osiyo terma jamoalari reytingini hamon Eron terma jamoasi boshqarib turibdi. Eron futzal termasi jahon reytingida 7-o'rinda joylashgan. O'zbekiston terma jamoasidan oldingi o'rinlarda shuningdek, Yaponiya (9) va Tailand (17) terma jamoalari o'rin olgan.

Jahon reytingini esa Braziliya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikni Ispaniya va Italiya terma jamoalari to'ldirishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com