Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. Yaponiya chempioni Xitoy chempioniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi + FOTO

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2017, 17:38
Bugun, 20 iyul kuni Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha 2017 yilgi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqaning dastlabki qarama-qarshiligida Xitoy chempioni "Shenjen Nanling Tielang" jamoasi Yaponiya chempioni "Shriker Osaka" bilan kuch sinashdi. "C" guruhidan o'rin olgan ushbu jamoalar bahsida yaponlar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 5:1.

"C" guruhidan uchta jamoa joy olgan. Shu sabab, guruhning yana bir vakili "Sanae Giti Pasand" (Eron) bu tur dam oladi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
1-tur
, 20.07.2016
"C" guruhi

"Shenjen Nanling Tielang" - "Shriker Osaka" 1:5
Gollar:
P.Hafizi 6 - SH.Harigome 5, N.Osodo 10, A.D.Oliveyra 16, S.Shibano 22, T.Sato 37

Ogohlantirishlar: P.Dos Santos 7, L.Zejun 10, P.Hafizi 14 - T.Sato 12, SH.Aji 34



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia