Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. So'nggi yarim finalchi Qatar chempioni + FOTO

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2017, 10:57
Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning chorak final bellashuvlari o'tkazildi. 1/4 finalning so'nggi qarama-qarshiligida BAA va Qatar chempionlari o'zaro to'qnash kelishdi. Unda qatarliklar kichik hisobda ustun kelishdi va yarim finalning so'nggi ishtirokchisiga aylanishdi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
Chorak final
"Phu Tho Stadium"
, Xoshimin
27.07.2017

"Al Dafra" - "Al Rayyan" 3:4
Gollar:
V.Do Nasimento 17, 29, H.Al Jobiri 40 - D.Kosta 9, 11, M.Tohiri 25, F.Barreto 35

Ogohlantirishlar: M.Al Hammadi 33, M.Jamil 35 (ikkisi "Al Dafra")


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia