Fransiyada muxlislarga futbolga kirish imkoniyati yaratilmoqda

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 11:59
Fransiya qonunchiligi koronavirusga qarshi kurash karantin qoidalarini engillashtirmoqchi.

Qayd etilishicha, 11 iyuldan e'tiboran muxlislarga futbol o'yinlariga kirish imkoniyati yaratiladi. Unga ko'ra, dastlabki haftalarda 5 ming muxlisga stadionga kirishga ruxsat berilsa, keyinchalik bu son ko'payishi kutilmoqda.

Qayd etish kerak, Liga 1ning ushbu mavsumi koronavirus sababli muddatidan oldin yakunlandi. Yangi mavsum starti esa 22 avgustga belgilangan. Bunga qadar Fransiya Kubogi va Liga Kubogining finallari bo'lib o'tishi ehtimoli bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Reuters