Fransiya klubining 15 yoshli futbolchisi yurak to'xtashi tufayli vafot etdi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2019, 17:17
"Reyms" o'smirlar jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Savan 13 fevral kuni olamdan ko'z yumdi.

Voqea bahs payti, 15 yoshli futbolchi do'stlari bilan o'ynayotganda yuz berdi. Savanning yuragi to'xtab qoldi, voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar o'smir hayotini saqlab qola olishmadi.

"Klub sodir bo'lgan voqeadan shokda. Savan oilasiga hamdardlik bildiramiz" - deyiladi "Reyms" "tvitteri"da berilgan xabarda.

Savan "Reyms"ning U14 va U15 jamoalarida o'ynagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/StadeDeReims