Francheskoli: "Agarda Iguain "Yuventus" bilan kelishuvini bekor qilsa, u bilan shartnoma imzolaymiz"

Mirjalol Normatov
1 may 2020, 20:42
Argentinaning "River Pleyt" jamoasi sport direktori Enco Francheskoli klub "Yuventus" hujumchsisi Gonsalo Iguainning xizmatlariga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.

"Iguainning o'zi qarorni qabul qiladi.  Hozirda u "Yuventus" bilan shartnomasini bekor qilish borasida ishlamoqda. Shu boisdan biz bu ishga keyinroq qaytamiz. Gonsaloning o'zi qaytishni istayotgani biz uchun juda muhim. Biz u o'z kelajagi borasida bir qarorga kelishini kutyapmiz.

Klubning eng yorqin insonlaridan biri jamoa sharafini himoya qilish uchun qaytayotgani doimo yoqimli. Biz uchun Iguain kerak, u shu yerda katta bo'ldi. Uning otasi ham shu yerda o'ynagan", - dedi Francheskoli.

Iguainning amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttojuve