Fotomaqola. G'ofurovdan keyin navbatdagi “qurbon” Melzitdinov bo'ladimi?

Narzulla Saydullayev
18 fev 2014, 13:30
Bugun saytimizda Anvar G'ofurovning “Lokomotiv”dan ketgani va “Bunyodkor”ga qaytgani to'g'risida xabar chiqdi. Negadir G'ofurov klub bosh murabbiyi Vadim Abramovning qarashlariga mos kelmadi.
Ma'lumki, “Lokomotiv” 15 fevral kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda Anvar G'ofurov ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.

Kecha esa “temiryo'lchilar” jizzaxliklar bilan yana bitta nazorat bahsini o'tkazishdi va klub rasmiy saytida berilgan tarkibga ko'ra, “Loko” safida Anvar G'ofurov ko'rinmagan.

“So'g'diyona” bilan birinchi o'yin o'tkazilgach, Vadim Abramov dastlab Anvar G'ofurov keyin esa Ruslan Melzitdinov bilan uzoq suhbatlashdi. Natijada quyidagi fotomaqola orqali G'ofurovdan keyin “Loko”ning navbatdagi “qurboni” Melzitdinov bo'lsa kerak degan taxminga keldik. Buni esa rasmlar bilan izohlab beramiz.




9 fevral. OCHL pley-off bosqichi. Anvar G'ofurov “Quvayt SK”ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi, biroq o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi. 




15 fevral. “Obod” sun'iy maydoni. “Lokomotiv” – “So'g'diyona” uchrashuvidan so'ng Vadim Abramov uyiga ketishga hozirlik ko'rayotgan Anvar G'ofurovni oldiga chaqirib ancha gaplashdi.




Keyin Abramovning ko'zi Ruslan Melzitdinovga tushib qoldi va uniyam yoniga chaqirib oldi.




Abramov Melzitdinov bilan kulib miyig'ida gaplashdi. Lekin bu jilmayishning tagida bir qancha mano yashiringan bo'lishi mumkin.




Shundan keyin Abramov “Lokomotiv” jamoasi boshlig'i Qobil Yunusov bilan bazi masalalarni muhokama qildi.



 
Vadim Abramov: “Bu yil nima qilib bo'lsa ham chempionlik va Kubokni yutmasam bo'lmaydi”.

Fotomaqolani Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia