Flik "Barselona"ga "Bavariya" o'yinchisini olib kelmoqchi

Alisher
2 iyun 2024, 22:01
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z jamoasiga "Bavariya" o'yinchisini olib kelmoqchi.

Gap vinger Kingsli Koman haqida ketmoqda. Flik Myunxendagi ishi orqali ushbu futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Shu bilan birga, Komanning ehtimoliy transfer rivojlangan bosqichda emas, sababi futbolchi e'tiborini Evro-2024ga qaratgan.

Koman o'tgan mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild