Firmino "Liverpul" bilan yangi kelishuvga erishdi

Tolibjon Qosimov
10 mar 2018, 14:15
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Tomonlar yangi kelishuvga rozi bo'lishgan, bu haqda jurnalist Oliver Bond xabar berdi.

Firminoning shartnomasida yaxshigina summa keltiriladi, shuningdek u kattagina miqdorda bonuslar ham oladi. Bonuslarning asosiy qismi urilgan gollar evaziga bo'ladi.

Joriy mavsum Firmino barcha musobaqalarda 40ta o'yin o'tkazdi va 22ta gol urib, 13ta golli pas berdi.


Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 17:30da "Liverpul" jamoasi "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/oliver__bond