Firmino APLga qaytishi mumkin

Administrator
18 fev 2025, 22:27
"Arsenal" "Al Ahli" hujumchisi Roberto Firmino bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda braziliyalik jurnalist Uilson Pimentel xabar berdi.

33 yoshli braziliyalik Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Kanonirlar" u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashlari va martga qadar qaydnomaga kiritishlari mumkin. Londonliklar Bukayo Saka, Kay Xaverc, Gabriel Martinelli va Gabriel Jezusning jarohati sabab hujum chizig'ida muammolarga uchramoqda.

Eslatib o'tamiz, Firmino sakkiz yil "Liverpul"da o'ynagan. U 2023 yildan beri "Al Ahli" sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/pimentelmidia