Finke: "Kamerun Jahon chempionatida ishtirok etadi"

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2014, 18:32
Kamerun terma jamoasi bosh murabbiyi Folker Finke futbolchilar mahalliy futbol Federatsiya bilan mukofot pullari borasida kelishib olganini ma'lum qildi.
"Biz bugun ertalab barchasini kelishib oldik va Braziliyaga uchishga tayyormiz. Muxlislarimiz xotirjam bo'lsinlar: Kamerun albatta Jahon chempionatida qatnashadi. Barchasi hal bo'ldi. OAV bu vaziyatni juda ham bo'rttirib yubordi", - deydi Finke.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru