

Himoyachimiz Doston Tursunov ham Championat.asiaga intervyu berdi.
- O'yin haqida fikringiz…
- Yaponiya bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ularni o'rganib chiqqan edik. Shunga yarasha murabbiyimiz to'g'ri taktika qo'ydi. Biz ayni shu taktika asosida o'ynadik va g'alaba qozondik.
- O'yin oxirida almashtirildingiz, bu jarohat bilan bog'liqmi yoki charchab qolganmidingiz?
- Ozgina tomirlarim tortishdi. Shu sabab almashtirildim.
- Jamoa ichida kayfiyat qanday?
- Kayfiyat juda a'lo darajada. Maqsadimiz chempionlik. Nasib qilsa bunga erishamiz.
- Stadionga o'zbekistonlik muxlislar kirmagan bo'lsa ham tashqarida juda ko'p muxlis to'plandi. Ularga tilaklaringiz bormi?
- Ularga kattakon rahmat aytamiz. Finalda bizni stadiondan qo'llab-quvvatlashsa yanada kuchliroq bo'lamiz, ular 12-o'yinchi bo'lib berishadi.



