Fernandesh: "Buni bolaligimda ham orzu qilmaganman"

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 15:29
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa sardori bo'lish yoqimli qaror bo'lganini aytdi.

"Ten Xag ushbu jamoani ko'z qorachig'idek asramoqchi. Barchamiz Xarri Maguayr bilan bo'layotgan holatni bilib turibmiz. Shu sababli jamoaning yangi sardori kim bo'lishini hech kim bilmagandi. Shu sababli ten Xag yig'ilish o'tkazib, barchasini ma'lum qildi.

Xarri meni tabrikladi va xursandligini aytdi. Tushunaman, uning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Unga ham bu juda qiyin bo'ldi. Biroq o'rtamizdagi munosabatlar ajoyib.

Bu men uchun katta faxr. Buni bolaligimda ham orzu qilmaganman. Orzularimdan-da uzoqroqqa yetib keldim", - dedi Brunu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail