Ferdinand: "Sulsher davrida jamoaning o'yinida falsafa yo'q deb nolishardi"

Mirjalol Normatov
10 apr 2022, 15:55
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "qizil iblislar"ning Ralf Rangnik qo'l ostidagi o'yini haqida gapirdi.

"Sulsher vaqtida MYUning o'yinida falsafa yo'q deb nolishardi. Shu sababli u jamoadan ketdi.

Hozir ham "Manchester Yunayted"ning o'yinini ko'rib, tizim bor deya olmayman. Top-klublarda buni ko'rish mumkin, ammo bu yerda emas. Tizim umuman yo'q", - dedi Rio Ferdinand.

Rio 2002-2014 yillar davomida "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal