

Portugaliyalik o'zi tug'ilib-o'sgan Vizeudagi shifoxonaga xayriya qildi.
Klinik markaz direktorlar kengashi raisi Chilio Korreyyaning aytishicha, futbolchi ularga tibbiy kiyimlar va shaxsiy himoya vositalarini yuborgan.
- Vizeudagi bizning odamlar birdamlik uchun minnatdorlar. Shaxsan va markazning tibbiy xodimlari nomidan senga minnatdorchilik bildiraman. Katta rahmat Joau Feliks, ota-onangga va boshqa oila a'zolaringga ham katta rahmat, - deb yozgan Korreyya ijtimoiy tarmoqqa.




