Farhod O'tkirov: "Superligada kuchsiz raqib qolmagan"

Omonjon To`xtamirzayev
7 avg 2023, 11:49
"Bunyodkor" jamoasi 15-turda o'z maydonida OKMKni qabul qildi.

O'yinda hsobda ortda borayotgan "qaldirg'ochlar" hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda muvozanatni tikladi. Farhod O'tkirovning qanotdan bergan uzatmasini Suhrob Izzatov Botirali Ergashev qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Uchrashuvdan so'ng zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirgan Farhod O'tkirov fikrlarini bildirdi. 

"OKMK kuchli raqib edi. Bunday o'yinlar doim qiyin o'tadi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan edik. Har bir raqibga bir xil tayyorlanamiz. Superligada kuchsiz jamoa qolmagan. Ikkinchi bo'limda maydonga tushishim avvaldan rejalashatirilmagandi. Barchasi murabbiylar qaroriga bog'liq. Tanaffus vaqtida o'yinga qo'shilishimni aytishdi. 

Krestinin ko'proq bir jamoa bo'lib o'ynashimizni, asosiy tarkibdagilar ham, zaxiradilar ham yaxlit harakat qilishini talab qilmoqda", - deydi Farhod O'tkirov.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia