Farg'ona viloyati kubogi. “Do'stlik” “Cementchi”ni mag'lub etib finalga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
17 noya 2019, 22:09
Bugun futbol bo'yicha “Farg'ona viloyati kubogi-2019” musobaqasining chorak final uchrashuvlari doirasida Oltiariqning “Do'stlik” futboli klubi o'z maydonida Quvasoyning “Cementchi” jamoasini qabul qildi.

Chorak finalning dastlabki bahsida safarda 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan oltiariqliklar o'z maydonlarida bo'lib o'tgan javob bahsida 2:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning final yo'llanmasiga ega chiqdilar.

Eslatib o'tamiz, chorak finalning mazkur juftligi vakillari musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni kamligi tufayli yarim final bahslarida ishtirok etishmaydi. G'olib to'g'ridan-to'g'ri final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Farg'ona viloyati kubogi.
Chorak final. Javob bahsi.


“Do'stlik” – “Cementchi” 2:0. (Dastlabki o'yin 1:3)
Hakamlar
: Shoxrux Azamov, Axror Rahmatov, A.Meliboev.
Gollar: Umid Matmusaev, 44 (1:0), Xabibullo Buvatoev, 90+3 (2:0)
“Do'stlik”: Ulug'bek Abdumalikov, Aziz Xojimamatov, Shoxrux Yo'ldoshev, Qudratillo Qahhorov, Umid Matmusaev, Abror To'xtasinov, Axrorbek Soliev, Zarbullox Umarov, Xabibullo Buvatoev, G'iyosjon Tursunov, Anvar G'ofurov.
Zahira: Sanjar Sobirov, Aziz Fozilov, Abror Raxmonov, Avazxon Maxmudaliev, Komiljon Odilov, Olloyor Solijonov

“Cementchi”: Asadbek Azizov, Ozodbek Komilov, Otabek Muxammadjonov, Rahimberdi Xasanov, Shoxjaxon Ro'zimatov, Faxriyor O'rinboev, Xoshimbek Shokirov, Samandar O'rinboev, Doston Rashidov, Dilshod Umurzaqov, Nodirbek To'lanov.
Zahira: Shaxboz G'aniev, Nodir Nurmatov, Alisher Yuldashev, Odilbek Azimov, Shoxrux Maxamatov, Toshpo'lat Abbosov, Bobur Nabiev, Asadbek Mo'minov, Sarvar Shavkatov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia