Fabregas faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Biroq, A Seriya klubida emas

Eldor Akmurzayev
25 iyul 2022, 09:15
“Monako”ni erkin agent sifatida tark etgan Sesk Fabregas B Seriya klubiga o'tmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Komo” 35 yoshli ispaniyalik bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Fabregas avgustda Italiyaga uchib keladi va yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tib, 2024 yil yozigacha shartnoma imzolaydi.

Sesk yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida atigi 2 ta bahsda qatnashib, 1 ta golga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano