Yevropa. JCH-2014 pley-offiga qur'a 21 oktyabr kuni tashlanadi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2013, 20:11
Yevropa qitasidagi JCH-2014 saralashining pley-off bosqichiga 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18.00 da qur'a tashlanadi.
Yevropa saralash guruhlarida ikkinchi o'rinni olgan 8ta jamoa juftliklarga bo'linadi va hal qiluvchi o'yinlar bo'lib o'tadi. Ushbu 8ta jamoa 17 oktyabr kuni yangilanadigan FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga bo'linadi.

Pley-off o'yinlari 15 va 19 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru