Yevropa ligasi. “Zenit” guruh bosqichiga yo'llanma oldi

25 avg 2017, 00:52
Yevropa ligasi saralash bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra g'alabaga erishgan “Zenit” musobaqaning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Gollandiyaning “Utrext” klubiga qarshi kechgan bahsning asosiy vaqtida “Zenit” 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollandiyada o'tgan ilk o'yinda xuddi shu hisobda mezbonlar g'olib chiqishgandi. Hakam tomonidan 15 daqiqadan qo'shib berilgan ekstra taymda “Zenit” yetakchisi Kokorin ikkinchi bor mehmonlar darvozasini ishg'ol etib, jamoasining musobaqaning guruh bosqichiga chiqishini taminladi.

Zenit Rossiya – Utrext Gollandiya 2:0 (1:0, 0:0, 1:0)

Gollar:1:0 – 9 Kokorin, 2:0 – 105 Kokorin.

Zenit – Lunev, Ivanovich, Krishito, Smolnikov, Mammana, Kuzyaev, Paredes, Eroxin, Shatov (Kranevitter, 90), Kokorin (Dzyuba, 107), Driussi (Poloz, 73).

Utrext –Rogor-Yensen, Yanssen, Leuvin (Baebek, 105), Brafxeyd (van Marel, 75), Emanuelson, Labyad, Ayub, Kerk (Gertler, 89), van de Strek, Klayber, Dessers.

Ogohlantirish:Shatov (21), Labyad (65), Paredes (65), Eroxin (68), Kokorin (105), Kranevitter (115).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia