"Everton" yanvar oyida Barkliga yangi shartnoma taklif qiladi
Narzulla Saydullayev
13 dek 2013, 12:02
The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, "Everton" yarim himoyachi Ross Barkliga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Angliya terma jamoasi a'zosiga "Manchester Siti", "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqishmoqda. "Irislar" esa Barklining maoshini oshirishmoqchi va yanvar oyida unga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.