

24 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumni aynan mersisaydliklar tarkibida ijarada o'tkazdi.
Fransiyalik futbolchini xarid qilishni klub bosh murabbiyi Marko Silva xohlamoqda.
Zuma "Sent-Eten" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2014 yilda "Chelsi" himoyachini sotib olgan. "Aristokratlar" futbolchini turli yillarda "Sent-Eten", "Stok Siti" va "Everton" klublariga ijaraga bergan.
Futbolchi 2015 yildan boshlab Fransiya terma jamoasi o'yinchisi sanaladi.




