“Everton” Beyli uchun qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

10 avg 2020, 09:31
“Bayer” vingeri Leon Beyli faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga “Everton”dan jiddiy qiziqish bor. Mersisayd klubi yamaykalik 23 yoshli Leon Beyli uchun “Bayer”ga 30 mln evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Beyli 2019/20 yilgi mavsum Leverkuzen klubi safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports