"Roma"ning yangi futbolchisi ilk mashg'ulotda jarohat oldi

Khoja
21 avg 2025
Kecha "Roma" "Aston Villa"dan Leon Beyli bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilgandi.

Biroq futbolchi shu kunning o'zida jamoaning mashg'ulotida jarohat olib, maydoni erta tark etgan.

Hozircha futbolchining jarohati borasida aniq ma'lumot berilmagan. Biroq dastlabki tekshiruvlardan so'ng futbolchi mavsum startini o'tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingan.

Eslatib o'tamiz, "Roma" Beylini 20 million evroga sotib olish sharti bilan 2 million evroga ijaraga oldi.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru