Ertaga Suriyaning ikki asosiy hujumchisi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2019, 18:15
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Mazkur bahsda Suriya terma jamoasi hujumchilari Omar Al Soma va Omar Xarbin ishtirok eta olmaydi. "Al Ahli" klubi hujumchisi Al Soma 6 iyun kuni Eron bilan o'yinda ishtirok etdi va akasining to'yi tufayli O'zbekistonga kelmadi.

Xarbin esa yanvar oyidagi Osiyo Kubogidan so'ng hozirga qadar terma jamoaga umuman chaqiruv olmayapti.

Ma'lumot uchun, Xarbin terma jamoada 41ta o'yin o'tkazib 18ta gol urgan, Soma esa 21ta bahsda 8ta gol urgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia