

“CAFA U-16 championship” musobaqasida O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari ishtirok etishadi.
Ertaga, 4 iyul kuni soat 11:30da “Milliy” stadioni matbuot anjumanlari zalida musobaqa oldidan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda ishtirokchi davlatlar terma jamoalari ustozlari o'zlarining musobaqa oldidan fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashadi. Barcha turdagi OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Ta'kidlab o'tamiz, “CAFA U-16 championship” musobaqasidan o'rin olgan uchrashuvlar poytaxtimizdagi "Milliy" va "Lokomotiv" stadionlarida bo'lib o'tadi.



