Eron O'zbekiston bilan o'yin 19 mayda bo'lishini tasdiqladi

Xayrulla Xoliqov
24 apr 2018, 13:16
May oyida Eron va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuv Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tadi. Eron terma jamoasi o'yin 19 mayda o'tkazilishini tasdiqladi. Karlush Keyrush boshqaruvidagi jamoa jahon chempionati mezboni Rossiyaga yo'l olishidan oldin Turkiya va Gretsiya bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Eron terma jamoasi bungacha to'rt marta jahon chempionatida ishtirok etgan bo'lib, birortasida guruhdan chiqa olmagan.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com