Emeri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni xohlamoqda

Alisher
8 yanv 2020, 13:08
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri faoliyatini Ispaniyada davom ettirmoqchi.

"Hozir mening ishlarim bor. Madrid, Valensiya va Londonga tashrif buyurishim kerak.

Menga ispan klublari qiziqish bildirmoqda, ammo hozirga qadar aniq takliflar bo'lgani yo'q. Ispaniya chempionatiga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman. Ammo, hech qanday variantlarni istisno qilmayman", - deydi 48 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Emeri "Arsenal"dan 2019 yilning 29 noyabrida ketgan edi. Mutaxassis Ispaniyada "Sevilya", "Valensiya" va "Almeriya"da ishlari bilan tanilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Larguero