Emeri: “Arsenal”da meni hech kim himoya qilmasdi”

16 may 2020, 09:51
“Arsenal” sobiq ustozi klubdagi holati haqida gapirdi.

“Murabbiy o'ziga mas'uliyatni ola bilishi kerak. Men o'yinchilarni, klub esa meni himoya qiladi. Venger bilan esa hammasi boshqacha edi. U klub uchun hamma narsa qilgan. “Arsenal”da rahbariyat bor va men ularga ishonishim lozim edi. Mening ishim - futbol. Qolganlariga esa boshqalar javob beradi. Meni har bir klubda himoya qilishgan: “Lorka”, “Almeriya”, “Valensiya” va PSJda ham. “Sevilya”da menda Monchi bor edi. PSJda esa klub prezidenti Nosir al-Xelaifining o'zi himoya qilardi. “Arsenal”da esa bunday emasdi. O'zimni yolg'iz his qilardim. Natijalar esa meni u yerdan ketishga chorladi”, - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian