Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasining birinchi mashg'uloti yopiq bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2018, 14:40
Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshlaydi.

Ushbu yig'inda 30 nafar futbolchi ishtirok etadi. O'FA matbuot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, bugungi mashg'ulotlar yopiq eshiklar ostida o'tadi va jurnalistlar unga kirishi mumkin bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni Suriya bilan, 11 sentyabr kuni Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia