YCHL oldidan "Chelsi" tarkibida yo'qotish + FOTO

Tolibjon Qosimov
16 okt 2017, 19:36
"Chelsi" tarkibida jarohatlangan soni yana bittaga ko'paydi.

APL 8-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin (1:2)da sonining orqa qismidan olgan jarohati sabab yarim himoyachi Viktor Mozes bir oyni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Huddi shunday jarohat sabab Ngolo Kante oktyabr oxirigacha safdan chiqqan edi, oldinroq Alvaro Morata ham yuqoridagidek jarohat olgan edi, lekin u mashg'ulotlarga qaytdi.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk